Ushbu maqolada Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlarida folklor an’analarining o‘rni tadqiq qilingan. Ijodkor badiiy-estetik tafakkuri yuksalishida xalq og‘zaki ijodining ta’siri masalasi uch bosqichga bo‘lib tahlil etilgan: 1) shoir ijodining ilk davrida xalq og‘zaki ijodiga murojaat;2) ijodkor poetik tafakkuri takomilida xalq og‘zaki ijodi motivlari badiiy sintezining o‘rni; 3) umr so‘ngida yaratilgan she’rlarida xalq og‘zaki ijodian’analarining poetik yangilanishi. Tahlillar natijasida folklor an’analariga ijodiy yondashuv, ularni poetik yangilash va takomilga yetkazish Abdulla Oripov she’riyatining abadiyatini ta’minlab kelayotgan asosiy omillar ekani yuzasidan ilmiy xulosalar chiqarilgan.
Ushbu maqolada Abdulla Oripovning adabiy-estetik qarashlari falsafasi zamirida so‘zning qimmati, she’rning ahamiyati, adabiyotning
ma’naviy-tarbiyaviy vazifasi katta ahamiyat kasb etishi tahlil etildi. Shoir, she’r va so‘z uchligi Abdulla Oripov adabiy-estetik qarashlarining asosini tashkil etishi, “Ehtiyoj farzandi” maqolasida shoir ijodkor shakllanishining uch bosqichini ajratib ko‘rsatishi, shoir, she’r va so‘z uchligi bilan bog‘liq fikrlari Abdulla Oripovning adabiy-estetik konsepsiyasi yuksak talablarga asoslanganini ko‘rsatishi barobarida, ijod ahlini o‘z-o‘zini taftish qilishga, ijodiy kamolot yo‘lida muttasil izlanishga da’vat etishi jihatidan hech bir zamonda o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligi yoritildi.
В статье рассматривается вопрос поэтического возрождения традиций Алишера Навои в поэзии представителя современной узбекской поэзии Абдуллы Орипова. Анализируются концепция творчества двух поэтов, освещение ими развития национального языка, традиции и новаторства в жанре газелей, следование ритму, общие черты и различия в художественной интерпретации содержания хадисов. В результате анализа были сделаны научно-теоретические выводы.
Obraz-kechinma lirikaning negizini tashkil qiladi. O‘z navbatida bu kechinma badiiy ifoda uchun to‘g‘ridan to‘gri maqsad bo‘la olmaydi,u ma’lum vaziyatlarda yuzaga kelgan ma’lum kayfiyatlarni aks ettiradi va ularni umumlashtiradi. Ijodkorning yaratuvchanlik qobiliyati asosida qator sifat o‘zgarishlariga uchraydi, yoki butunlay yangidan tug‘ilib, kishini maftun etarli darajada mukammallashgan tasavvurlar olamidan dunyoga keladi. Poetik obraz yaratish uchun so‘zning asl ma’nosiga nisbatan ko‘chma ma’nosini, ma’lum va oddiy belgilariga nisbatan noma’lum va hatto favqulodda belgilarini tadqiq etish, so‘zni mumkin qadar yangi qirralari va yangi jilolari bilan, xamelion ko‘rinishda tasvirlash taqozo qilinadi. So‘zga bunday o‘zgacha ma’no, ko‘rinish berish obrazlilikni yuzaga keltiradi. Zero, obrazlilik lirikaning muhim sharti bo‘lib, har qanday kechinma obraz bo‘lib shakllanmas ekan, she’rning oddiy bayondan farqi qolmaydi. Maqolada Abdulla Oripov she’riyati misolida obraz va obrazlilik xususida so’z yuritiladi.
Badiiy asar asos negizini tashkil qiladigan obraz tushunchasi qadimdan va hozirga qadar san’atning eng muhim elementi sanaladi. Zotan, badiiy obraz bu san’at asarining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi asosiy vositadir. Shu bilan birga, dunyoning estetik qiyofasini, muayyan hissiy holatini ifodalovchi komponent hamdir. Shu bois obraz tushunchasi o‘z xarakter-xususiyatlari va mazmuniga ko‘ra juda murakkab va ayni paytda keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. Ob’ektiv voqelikningu yoki bu tarzda inson ongidagi in’ikosi keng ma’noda obrazning asosiy ildizini tashkil etadi. Yondosh obrazlar esa mana shu ilk asosdan o‘sib chiqadi. Shu jihatdan obraz tabiati va tasnifiga ko‘ra: fan, adabiyot va san’atda alohida farqlanadi. Ushbu maqola lirikada obrazlar tasnifi va talqin muammosini shoir Abdulla Oripov she’riyatida misolida o’rganishni ko’zda tutadi.
Ushbu maqolada Me’roj kechasining she’riyatda aks etishi muhokama qilinadi. Me’roj kechasini tasvirlashda Alisher Navoiy, Furqat va Abdulla Oripovning ijodidan misollar keltirib, tahlil qilinadi va bu uchijodkor she’rlaridagi mavzuning mushtarak va farqli jihatlari o‘rganiladi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v.) ga na’t yanglig‘ yaratilgan asarlarda me’roj kechasining tasviri alohida o‘rin tutishi, bu kechaning musulmon sharq adabiyotida o‘ziga xos obraz darajasiga ko‘tarilgani, shuningdek, Isro va Me’roj kechalarining farqi xususida mulohazalar bayon etilgan. Bu tasvirlar mumtoz shoirlarimizda yuksak pafos bilan yo‘g‘rilganligi va A.Oripovda sokin va bosiq holatda yoritilganligi badiiy asarlardan keltirilgan misollar yordamida dalillanadi. Me’roj kechasidagi voqea- hodisalar ketma-ketligi har uchala ijodkorning she’riy asari misolida ko‘rib chiqiladi va shular asosida ilmiy xulosalar chiqariladi.
Kichik maktab yoshidagi hissiy-emotsional irodaviy soha, o‘quvchilarning hissiyotlarini, ularning o‘zlarini tushunish va ifodalash usullarini o‘rganish, o‘zaro munosabatlar qurish va o‘zlarini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan. Bu soha, o‘quvchilarning ruhiy, hissiy va ijtimoiy tarbiyasini ta'minlash uchun muhimdir.
Maqolada A.Oripovning xorijda yaratilgan asarlaridagi obrazlar tizimi, ularning yangilanish bosqichi, nazariy tasnifi amalga oshirilgan.Obrazlar tasnifi asosida ulardagi o‘zgarishlar, kechinmani ifodalashdagi o‘rni tahlil etiladi. She’rlar yillar kesimiga muvofiq tarzda guruhlarga ajratilib, ulardagi tafakkur tadriji aniqlanadi. Vatan, ayol, yoshlik kabi mavzularda shoirning obrazlarni qo‘llash mahorati, lirik kechinmani ifoda etish usullari xususida so‘z yuritiladi. Xorijda yaratilgan 8 turkumdagi she’rlar badiiyati o‘zaro qiyos etiladi. Ularda shoir kechinmalarini aks ettirish yo‘llari aniqlanib, she’rlar makon va zamon nuqtayi nazaridan tasnif etiladi. Inson, hayvon, geografik makon, detal obrazlarning o’zaro qiyosiy tahlili amalga oshirilib, ushu obrazlarni yaratishda shoirning badiiy mahorati tadqiq etiladi. Xorij safarida yaratilgan she’rlarning obrazlar tizimida lirik kechinma aks etilishi masalasi yoritiladi.
Tarix laiakkur mahsuli. Tarixulug' murabbiy. 0‘tmishimizdayuzbergan har bir hodisa maTum ma’naviy ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muhit ta’sirida yuz bergan. Unga nazar solganda, asrlar silsilasini varaqlaganda alohida tiyraklik va zukkolik bi 1 an qarash kcrakki, voqcalar zamiridagi mantiq, falsafa, ruhiyat, siyosat qo'yingki, har bir davrning o'ziga xos shukuhiyu tashvishlari, sevinch-u iztiroblari ko'zga yaxlitligicha yaqqol tashlansin. Bular kishini fikrlashga, o'tmishni idrok qilib, kelajakni aql yo'rig'i bilan belgilashga yordam beradi. Zero, tarixning tafakkur mahsuli va ulug' murabbiyligi, oliy qadriyat ekanligi ana shu bilan bclgilanadi. Bu qadriyat, ayniqsa, mustaqillik davrida yana ham oliymaqom mavqc va ahamiyat kasb etmoqda.
В данной статье даны научные предложения и практические рекомендации по рациональному использованию методов финансового анализа в условиях вывода из состояния банкротства и финансового оздоровления (санации).